ERGASHEV BOIS HAMIDOVICH

ERGASHEV BOIS HAMIDOVICH (1921.5.5, Samarqand — 2000.26.6, Toshkent) — 2-jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Samarqand mexanizasiya texnikumida o’qigan (1939-1942). 1942 yildan armiya safida. 132-gvardiyachi artilleriya polki (ZUkraina fronti 12-armiyaning 60-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) razvedkachisi, Zaporoje viloyatining Xortisa qishlog’i hududida Dnepr daryosini kechib o’tish uchun bo’lgan janglarda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1944 yil 22 Fevral). Bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. Toshkent huquq institutini tugatgan (1952). Davlat va jamoat tashkilotlari (1946-56), respublika ijtimoiy ta’minot vazirligi (1956-68) va davlat xavfsizlik qo’mitalarida (1968-83) mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2-jahon urushi mavzuiga doir asarlar muallifi (“Shonli jasorat”, T., 1984; “veteranlar — yoshlar murabbiysi”, T., 1986 va boshqalar).