ERGASHEV HAYITBOY
ERGASHEV HAYITBOY (1946.18.4, Asaka tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1968). 1968 yildan Xo’jaobod tumanidagi 6, Asaka tumanidagi 44-maktabda tarix-geografiya o’qituvchisi, tuman xalq ta’limi bo’limida metodist va metodika kabineti mudiri, 2001-02 yillarda 44-maktabda direktor.