ERI KANAL

ERI KANAL — AQShning shimoli Sharqiy qismidagi suv yo’li. 1817-25 yillarda qazilgan. Bir necha marta rekonstruktsiya qilingan. Eri kanal Buyuk ko’llar sistemasi (eri ko’li)ni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan tutashtiradi. Umumiy uzunligi 1107 kilometr, shu jumladan, Buffalo shahridan Troy shahrigacha 547 kilometr, Olbani shahrigacha 560 kilometr, eni 50 metr, chuqurligi 3,7 metr. Kanalda daryo transporti bilan, asosan, qurilish materiallari, g’alla, neft mahsulotlari tashiladi.