ERIVONIY MIRZA QADIM MAMED HUSAYN O’G’LI

ERIVONIY MIRZA QADIM MAMED HUSAYN O’G’LI (1825 — Yerevan — 1875) — Ozarbayjon rassomi va naqqoshi; Ozarbayjon tasviriy san’atida dastgoh san’ati asoschisi. Maxsus badiiy ta’lim olmagan. Erivoniy kashtachilik, devoriy rassomlik, zargarlik va boshqalar uchun rasmtrafaretlar yaratgan, lok rang tasvirida (“Qushlar ila gullar” va boshqalar) ijod qilgan. Erivoniy portretlarida natura bilan tasvir o’xshashligiga erishganligi, shakllar tasvirida an’anaviy shartlilikni yenga olganligi namoyon bo’ldi: “Fatali shoh”, “raqqosa” (shishaga ishlangan), “O’tirgan ayol” (tempera), “Abbos Mirzo” (tush), “Mulla” va boshqalar.