ERKAKO’T

ERKAKO’T — qo’ng’irboshlilar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi; ozuqabop ekin. Yevrosiyo, Shimoliy Afrika, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 15 turi tarqalgan. O’rta Osiyo, Kavkazda 10 ga yaqin turi o’sadi. 4 turi: Sibir Erkako’ti, cho’l Erkako’ti, taroqli Erkako’t va taroqsimon yoki keng boshoqli Erkako’t ekiladi. Boshoqlanish bosqichida 100 kilogramm ko’k massasida 22,7 ozuqa birligi va 4,1 kilogramm hazm bo’ladigan protein, 100 kilogramm pichanida 48,7 ozuqa birligi va 6,9 kilogramm hazm bo’ladigan protein bor. Erkako’t o’sgan yaylovlarda mollar boqilgandan keyin ham o’t qoplami qayta ko’karadi. Sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamli. Barcha qishloq xo’jalik hayvonlari xush ko’rib yeydi.