ERKER

ERKER (nemischa Egkeg) me’morlik shakli; bino devoridan yarim doira, to’rtburchak yoki ko’p qirrali oynaband shaklda turtib chiqqan joy. Bir necha qavat, ba’zan tarzning tepasiga (odatda, 1-qavatdan tashqari) ishlanadi. Erker binoning ichki maydonini kengaytiradi, uning yoritilishini yaxshilaydi va ichkariga quyosh nuri bevosita tushishini ta’minlaydi.