ERKIN IQTISODIY ZONA (HUDUD)

ERKIN IQTISODIY ZONA (HUDUD) – mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to’lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo’ladi. EIZ turkumigabankva sug’urta zonalari kiradi, bubilanbank muomalalari va sug’urta ishlari uchun imtiyoz va kapitalning kirib kelishiga qulay sharoit yaratiladi. ElZning maxsus turi texnologik zonalardir. Bunday zonalarda yangi texnika va texnologiyani yaratish uchun imtiyozlardan xorijiy, shuningdek, milliy korxonalar va har xil tashkilotlar ham foydalanadi. Kompleks xarakterdagi alohida iqtisodiy zonalarda savdo-sanoat texnologiyasi ishlari uchun qulayliklar barpo etiladi. Bunday zonalar alohida, hamma uchun ochiq hududlar deb ataladi.