ESHAKBODRING

ESHAKBODRING, oddiy tentakbodring— qovoqsoshlar oilasiga mansub bir yillik, bir uyli o’g turi, dorivor o’simlik. O’rta va qora dengizning quruq ochiq qirg’oqlarida o’sadi. Kavkaz va ba’zan O’rta Osiyo qumliklarida, tashlandiq joylarda uchraydi. Iddizi yo’g’on, poyasi qisqa shoxli, yotib yoki biroz ko’tarilib o’sadi, qattiq, g’adirbudur, bo’yi, 0,5— 1,5 metr. Barglari yuraksimon, uzunligi 5-10, eni 4-8 santimetr, gullari bchsariq, bir jinsli, iyun— iyul oylarida gullab, urug’laydi. Mevasi tuxumsimon, tukli, sersuv, yetilganda qo’l tegishi bilan bandidan uzilib ketadi va uzilgan joyidan atrofga urug’ aralash achchiq suyuqlik sochiladi. Eshakbodring shu yo’l bilan ko’payadi. Ba’zan ekib o’stiriladi. Xalq tabobatida ichni yumshatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.