ESKADRILYA
ESKADRILYA (Fransuzcha) — bir necha zvenolardan iborat harbiy va fuqaro aviatsiyasi (9-25 samolyot, vertolyot) bo’linmasi. Bir necha Eskadrilya aviapolk (aviaguruh, aviaqanot) ni, fuqaro aviatsiyasida — otryadni tashkil qiladi. Zamonaviy harbiy havo kuchlarida Eskadrilya — asosiy taktik va o’t ochish bo’linmasi.