ESTAFETA
ESTAFETA (italyancha — to’lqin, tug’yon) — sport musobaqasi turi. Estafetada 4 kishidan iborat sport jamoasi belgilangan masofada navbatma-navbat (bir-biriga ramziy tayoqchani uzatgan holda) musobaqalashadi. Estafeta oddiy — bir xil usulda va har xil usulda bo’ladi. Olimpiada o’yinlarida Estafeta musobaqalari engil atletika (4×100 metr, 4×400 mer), suvda suzish (erkin usulda ayollar uchun 4×100, erkaklar uchun 4×200 metr; chalqancha, batterflyay, brass va erkin usulda suzish tartibida 4×100 metr), chang’i sporti (ayollar uchun 4×5 kilometr, erkaklar uchun 4×10 kilometr) va biatlon (4×7,5 kilometr) bo’yicha tashkil etiladi.