ETAN

ETAN, SN3—SN3 — rangsiz, hidsiz gaz. Molekulyar modda 30,7. Suyuqlanish temperaturasi — 183,23°, zichligi 572 kg/m3 (-100°da). Suvda oz, etanol va uglevodorodlarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga ko’ra, Etan to’yingan uglevodorodlarning yaqqol vakili. Radikal mexanizm bo’yicha turli almashinish reaktsiyalariga kirishadi. 550-650° da termik degidrogenlanganda etilenga aylanadi, 800°da atsetilen hosil qiladi. 300-450° da xlorlanganda etil xlorid, oksidlanganda SN3SNO va SN 3SOON aralashmasi, gaz fazada nitrolanganda nitroetan va nitrometan aralashmasini beradi. Etan — tabiiy va yo’lakay gazlar komponenti (hajmiga ko’ra 10%) bo’lib, ulardan past trada rektifikasiyalash yo’li bilan ajratib olish mumkin. Neft xom ashyosini krekinglashda ko’p miqdorda Etan hosil bo’ladi. Laboratoriya sharoitida Etan metil yodid SN31 dan Vyurs reaktsiyasini qo’llab, Sn3s001cha dan Kolbe reaktsiyasiga ko’ra, etilbromid S,N5vg dan Grinyar reaktsiyasidan foydalanib, etilenni (Ryo katalizatorligida) yoki atsetilenni (№K.e ishtirokida) gidrogenlab olinadi. Etan — etilen va vinilxlorid olishda xom ashyo. Etanning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Chaqnash temperaturasi 152°, o’z-o’zidan alangalanish temperaturasi 472°.