ETANOLAMINLAR

ETANOLAMINLAR — rangsiz, aminlarga xos hidli, qovushoq gigroskopik suyuqliklar. Monoetanolamin (2aminoetanol, etanolamin, kolamin), dietanolamin (iminodietanol) va trietanolamin (nitriltrietanol) farqlanadi. Etanolaminlar suv bilan cheksiz miqdorda aralashadi. Etanol, benzol, xloroformda yaxshi eriydi, geptanda oz eriydi. Aminlar va spirtlarning xossalarini namoyon qiladi. Monoetanolamin (NOSN2SN2TMN2) ning molekulyar modda 61,08, suyuqlanish temperaturasi 10,6°, qaynash temperaturasi 171°, zichligi 1016 kg/m3. Dietanolamin (N0SN2SN2)2 N4 ning molekulyar modda 105,14, suyuqlanish temperaturasi 27,8°, qaynash temperaturasi 270°, zichligi 1097 kg/m3. Trietanolamin (NOSN2SN2)^ ning molekulyar modda 149,19, suyuqlanish temperaturasi 21,2°, qaynash temperaturasi 360°, zichligi 1124 kg/m3. Etanolaminlar — kuchsiz asoslar; mineral va kuchli organik kislotalar bilan tuzlar beradi. Etanolaminlar sanoatda etilenoksidan suv ishtirokida 90-130° va 7—yumpa bosim ostida suyuq fazali ammonoliz qilish yo’li bilan olinadi. Etilenoksid ammiak nisbati 1:15 bo’lganda reaktsiya mahsuloti sifatida 78,3% mono, 16% Di va 4,4% trietanolamin hosil bo’ladi. Bu jarayonda etilenoksid konversiyasi 100% bo’lib, suv, mono, Di va trietanolaminlar reaktifikasiyalash usuli bilan ajratib olinadi. Laboratoriya sharoitida Etanolaminlar ammiakni oksietillash, etilenxlorgidrinni aminlash, metilentsiangidrinni gidrogenlash yo’li bilan sintez qilinadi. Etanolaminlar adsorbent sifatida, emulgatorlar ishlab chiqarishda, dispergatorlar, ko’pik, yuvuvchi va tozalovchi vositalar, shampunlar, sirt faol moddalarni barqarorlashtiruvchi modda sifatida qo’llanadi. Monoetanolamin etilendiamin, Mvinilpirrolidin va boshqalarni organik sintezlashda, dietanolamin — plastifikatorlar, korroziya ingibitorlari va boshqalar olishda ishlatiladi. Zikrilla Isaboev.