E’TIQOD
E’TIQOD — kishilar faoliyatining o’ylangan, turg’un sabablari bo’lib, ularning hatti-harakatlarida, qilgan ishlarida va hulq-atvorida yuzaga keladi. E‘tiqod o’zida uchta holatni bosib o’tadi: a) bilim, g’oya, nazariya, (ya‘ni aqliy holat); b) bilimlarga berilgan bahoni, munosabatni (ya‘ni baholash holati); v) o’zlashtirilgan bilimlarni o’z hatti-harakatiga tatbiq etish. Bularning zamirida siyosiy, falsafiy, estetik, tabiiy fanlarga oid va insonning boshqa qarashlarining tartibga solingan tizimi yotadi.