ETNA

ETNA (Yunoncha — alangalamoq) — Sisiliya o.ning shimoliy Sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan, Italiyada. Balandligi 3340 metr (Yevropada eng baland vulkan). Shakli yassi konussimon. Yon bag’rida juda ko’p mayda krateri, bazalt va andezitli LAVA oqimlari hamda qalin vulkan ko’li qatlami bor. Etna faol vulkan. 1669 yilda kuchli, 1983 yilda so’nggi bor otilgan. 800-900 metr balandlikkacha bog’ va tokzor hamda dalalardan, undan yuqorisi butazor va o’rmonlardan iborat. Turizm rivojlangan.