ETVESH (EBGUBK) LORAND (ROLAND)
ETVESH (EBGUBK) LORAND (ROLAND) (1848.27.7, Budapesht 1919.8.4) Venger fizigi. Vengriya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1873) prezidenti (1899-1905). Budapesht, Kyonsberg va Geydelberg untlarida o’qigan. Budapesht universitetida ishlagan (1871 yildan), professor (1872). Ilmiy ishlari molekulyar fizika, favitasiya va geofizikaga oid. Molekulyar sirtqi energiyaning traga bog’liqligini aniqlagan (Etvesh qonuni, 1886). Buralma tarozi yasab (1888), unda gravitatsion va inert massalarning yuqori darajada aniqlikda o’zaro tengligini eksperimental ko’rsatgan va shu bilan ekvivalentlik printsipini tasdiqlagan. Harakatlanayotgan ob’yektdagi (Yerning aylanishi natijasida) jismning og’irligi harakatning tezligi va yo’nalishiga bog’liqligini aytgan (Etvesh effekti).