EUKARIOTLAR

EUKARIOTLAR (Yunoncha EI yaxshi, haqiqiy, butun va kaguop — yadro) — to’liq shakllangan, haqiqiy yadroga ega bo’lgan hujayrali organizmlar. Eukariotlarga suvo’tlar, yuksak o’simliklar, barcha hayvonlar, zamburug’lar kiradi. Eukariotlar DNK si yadrodagi xromosomalarda joylashgan bo’lib, gistonli oqsillar bilan birikkan nukleosomalarni hosil qilishda ishtirok etadi. Eukariotlarning hujayralarida membranali organoiddar yaxshi rivojlangan; ayrim organoidlari (mitoxondriyalar va xloroplastlar) da DNK va avtonom oqsil sintezlovchi apparat mavjud.