EVE TILI

EVE TILI — Niger-Kongo tillari oilasiga mansub kVA tillaridan biri; Gana Respublikasining Janubi g’arbida, Togo va Benin respublikalarining Janubda, shuningdek, Nigeriyada tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 3,7 million kishidan ortiq (o’tgan asrning oxirlari). Bir qancha lahjalari bo’lib, ular 3 guruhga ajraladi: g’arbiy guruh — anlo (avuna) va boshqalar “ichki” lahjalar; Markaziy guruh — uati, adya, gen; Sharkiy guruh — gun (alada) fon, Maxi. Fon va uati lahjalarida so’zlashuvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Lotin grafikasiga asoslangan yozuvi 19-asr oxiridan mavjud. Eve tilida, xususan, anlo, gen va gun lahjalarida asosan diniy, ma’rifiy va o’quv adabiyotlari nashr etiladi.