EYLER LEONARD

EYLER LEONARD [1707.4(15) 4, Bazel, Shveytsariya — 1783.7(18).9, Peterburg] — matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg Fanlar Akademiyasi a’zosi. Berlin Fanlar Akademiyasi prezidenti (1759 yildan). 1720-24 yillarda Bazel (Shveytsariya) untida o’qib, matematikadan I. Bernulli ma’ruzalarini tinglagan. Peterburg Fanlar Akademiyasida ishlab, Fanlar Akademiyasi bilan ilmiy alo qalarni uzmay Berlin Fanlar Akademiyasida ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari o’sha davr matematikasining barcha sohalariga, mexanika, elastiklik nazariyasi, matematik fizika, optika, muzika nazariyasi, mashinalar nazariyasi, ballistika, dengiz fani va boshqalarga oid. Eylerning osmon mexanikasi, tutash muhitlar mexanikasi va optikadagi kashfiyotlari salmoqli o’rin egallaydi. Eyler variatsion hisob, sonlar nazariyasi, analitik va maxsus funktsiyalar nazariyasi, differentsial tenglamalar nazariyasi va sirtlar nazariyasi kabi sohalarga asos solgan. U kiritgan “Eyler burchaklari” mexanikada muhim o’rin tutadi. Qator ilmiy ishlari analitik geometriya, qatorlar nazariyasi va topologiyaga oid.