EYLERXELPIN GANS KARL AVGUST SIMON FON

EYLERXELPIN GANS KARL AVGUST SIMON FON (1873.15.2, Augsburg, Germaniya — 1964.6.11) — shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi a’zosi (1914 yildan). Berlin universitetini tugatgan (1885). Gyottingen (1896-97), Stokgolm (1898 yildan) universitetlarida ishlagan (1906 yildan professor). Stokgolm universitetining biokimyo instituti (1929-37), organik kimyo instituti (1938-48), ayni vaqtda (1940 yildan) vitamin instituti direktori. Asosiy ilmiy ishlari biokimyo jarayonlari mexanizmini o’rganishga oid. Fermentlarni tadqiq qilgan (1905-40). Tirik organizmlarda fermentlar ta’sirida kimyoviy reaktsiyalar tezligining ortishini aniklagan va bu jarayonni biokataliz deb atashni taklif etgan. Karotinning fizologik faolligi jihatdan A vitaminga yaqinligini topgan (1928). Biokimyoviy shishlarni o’rganishga katga hissa qo’shgan. Nobel mukofoti laureati (1929; A. Garden bilan hamkorlikda).