EYNDXOVEN

EYNDXOVEN — Niderlandiyaning Janubiy qismidagi shahar, Drommel daryosi bo’yida. Aholisi 203,3 ming kishi (2001). Transport yo’llarining muhim chorrahasi. Radioelektronika (“Filips” kontserni zdlari) va elektrotexnika sanoatlari rivojlangan. Avtomobilsozlik, qog’oz, tamaki sanoati korxonalari mavjud. Texnika universiteti, “Filips” kontserni muzeyi bor.