EYNSHTEYN

EYNSHTEYN — optik diapazondagi elektromagnit nurlanish energiyasi birligi; fotokimyoda qo’llaniladi. Avogadro soniga teng miqdordagi optik diapazonga joylashgan bir xil chastotali yorug’lik kvantlarining energiyasiga teng. Birlikning qiymati yorug’lik kvantining chastotasiga bog’liq tarzda o’zgaradi. A. Eynshteyn sharafiga qo’yilgan.