Eynshteynning nisbiylik nazariyasi nima o’zi?
Bu nazariya e’lon qilinganida, uni dunyo bo’yicha jamlab kelganda ham biron o’ntacha olim tushuna olsa kerak, deb taxmin qilishgan edi! Mana, nima sababdan biz bu o’rinda uning texnikaviy, ya’ni mahoratga bog’liq xususiyatlariga to’xtalmoqchi emasmiz. Biroq Eynshteyn nimalar bilan shug’ullandi, qanday masalalarni tadhiq etdi? — bularni tushunib olish foydadan xoli bo’lmaydi. Biz bilamizki, har qanday harakat “nisbiy”dir. Ya’ni bu harakatni boshqa nimagadir qiyoslash mumkin. Masalan, siz poyezd vagonidasiz va oynaga qarab ketyapsiz. Deraza ortida lipillab o’tayotgan predmetlarni kuzataturib, poyezd harakatlanayotganini payqaysiz. Biroq vagonda qarshingizda o’tirgan kimsaga nisbatan olib qaraganda siz o’z joyingizda o’tiribsiz. Shuning uchun harakatning mavjudligini harakatsiz nimagadir nisbatan aniqlash mumkin. Bu, Eynshteyn nazariyasining birinchi qismi. Biz uni quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: kosmik kenglikda jismning doimiy tezlik bilan harakatini boshqa biron ob’yektga nisbat bermasdan qayd etish mumkin emas. Eynshteyn nazariyasining. ikkinchi qismi shuki, yorug’lik tezligini Eynshteyn koinotdagi yagona o’zgarmas hodisa deb biladi. Yorug’likning tezligi 300 000 km/sekund atrofida ekanligini biz bilamiz. Lekin uning o’zgarmas ko’rsatkich ekanligini tafakkur qilishimiz qiyin. Va, mana, qay bir sababga ko’ra: agar avtomobil soatiga 100 kilometr tezlik bilan yursa, bu hol uning tezligi tinch turgan — harakatsiz kuzatuvchiga nisbatan 100 km/soat ekanligini bildiradi. Agar birinchi avtomobil 60 km/soat tezlikda borayotgan avtomobilni quvib o’tsa, u holda birinchi avtomobilning harakati ikkinchi avtomobilnikiga nisbatan 40 km/soat ortiqchadir. Agar ikkinchi avtomobil qarama — qarshi tomondan kelayotgan bo’lsa, unda ular harakatining umumiy yig’indisi avtomobillarning duch keluv nuqtasida 160 km/soatni tashkil etadi. Shunday qilib, Eynshteyn nazariyasiga ko’ra, agar yorug’likning harakat tezligi xuddi shu asosda o’rganiladigan bo’lsa (masalan, biz bir yo’nalishda, yorug’lik esa — bizga qarab qarama — qarshi tomondan harakatlanayotgani hisobga olinsa), uning tezligi o’zgarmasdan — 300 000 km/soat bo’lib qolaveradi. Bu hol Eynshteynning nisbiy nazariyasi xususida umumiy tasavvur beradi. Bundan tashhari, Eynshteyn massa va energiya bilan bog’liq muammolarni ham ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi nuqtai nazaridan o’rgandi.