EYR
EYR — Avstraliyadagi eng yirik oqmas sho’r ko’l. Materikning Janub qismidagi cho’l iqlimli botiq (dengiz sathidan 12 metr past) da joylashgan. Ko’l yozda vaqtincha oqadigan Daryo va soylar keltirgan suv bilan to’lib, maydoni 15 ming kilometr kvadratga, chuqurligi 20 metrga yetadi. Yilning qolgan mavsumida qurib, o’rnida sho’rxok qoladi. Milliy bog’tarkibida. Ko’l ingliz tadqiqotchi sayyohi Eyr J. Eyr nomiga qo’yilgan.
EYR — Avstraliyaning Janub qismidagi yarim Orol, katta Avstraliya qo’ltig’i bilan Spenser qo’ltig’i oralig’ida. Uzunligi shimoldan Janubga 300 kilometrdan ziyod. Yer yuzasi evkalipt butalari bilan qoplangan tekislik va pasttekisliklardan iborat, qumli maydonlar bor. Shimolda Goler tog’lari (eng baland joyi 472 metr) joylashgan. Milliy bog’lar tashkil etilgan. Qo’ychilik bilan shug’ullaniladi. Temir rudasi qazib olinadi. Spenser qo’ltig’i sohilida Portlinkoln shahri joylashgan. Avstraliyani o’rgangan ingliz tadqiqotchisi Eyr J. Eyr nomi bilan atalgan.