FAG’NAVIY
FAG’NAVIY, Xoja Mahmud anjir Fag’naviy [12-asr oxiri — Vobkent tumani anjir Fag’nav (hozirgi Anjirbog’) qishlog’i — 1286] — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shug’ullangan. Xoja Orif Mohitobon — Revgariyyayan tahsil olib, uning vafotidan so’ng xojagonlik silsilasini boshqargan. “Silsilai sharif” da 12halqaning piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga baravar amal etgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) gaustozlik qilgan. Fag’naviy tug’ilgan qishlog’ida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida ta’mirlanib, maqbara yonida hovuz va jome’masjid qurilgan. Bu joy hozir ziyoratgohga aylantirilgan. Ad.Faxruddin Ali Safiy, Rashahot, T., 2003; Orif Usmon, Buxoroi sharifning yetti piri, T., 2003; Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy, T., 2003.