“FAN”

“FAN” — O’zbekiston faning ilmiy nashriyoti. Akademiya tizimidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini to’plamlar, monografiyalar, ilmiy-ommabop risolalar, mukammal va tanlangan asarlar hamda jurnal maqolalari tarzida ilmiy jamoatchilikka va ommaga yetkazib beradi. Nashriyot O’zbekiston fan qo’mitasi xuzuridagi bo’lim sifatida 1934 yilda tashkil topgan. “Fan” nomi o’z tarixi davomida bir necha bor o’zgargan: O’zbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti (1943-63), O’zbekiston SSR “Nauka” nashriyoti (1964-66); 1966 yildan O’zbekiston faning “fan” nashriyoti. 1940 yildan nashriyotning maxsus bosmaxonasi ishga tushirildi. Nashriyot 2004 yilda qariyb 150 nomda kitob va jurnallar nashr etdi (umumiy qajmi 2000 bosma taboqdan ortiq). Kitob nashrlarining asosiy turini ko’p jildli mukammal va tanlangan asarlar, ilmiy tadqiqot natijalari, monografiya va ilmiy-ommabop asarlar tashkil etadi. “Fan”da Alisher Navoiyning 10 jildli “Tanlangan asarlar”i ilk bor rus tilida nashr etildi. T.N. Qoriniyoziyning 8 jildli, H.M. Abdullayevning 7 jildli, Oybekning 20 jildli, Hamzaning 5 jildli, Hamid Olimjonning 10 jildli, G’afur G’ulomning 12 jildli, SV. Starodubtsevning 6 jildli “Tula asarlar to’plami”, I.M. Mo’minov, V.P. Shcheglov va boshqa olimlarning ko’p jildli “tanlangan asarlar”i chop etildi. Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan uning 60 bosma taboqdan iborat “Ziji Ko’ragoniy” asari; Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyiga Mirzo Muhammad Haydarning “tarixi Rashidiy” asari hamda I.M. Mo’minovning “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan urni va roli” kitobi, “Alpomish” xalq qahramonlik eposi (o’zbek va rus tillarida) nashr etildi. 2004 yilda Alisher Navoiyning 20 jildli “mukammal asarlar to’plami” nashri nihoyasiga yetkazildi. “Fan” nashriyotida “fan va turmush” ilmiy-ommabop jurnali, shuningdek, 11 ilmiy juranl: “Geliotexnika”, “O’zbekiston tarixi”, “O’zbekiston fizika jurnali”, “Mexanika muammolari O’zbekiston jurnali”, “Informatika va energetika muammolari O’zbekiston jurnali”, “Uzbekistonda ijtimoiy fanlar”, “O’zbekiston biologiya jurnali”, “O’zbekiston kimyo jurnali”, “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma’ruzalari”, “O’zbek tili va adabiyoti”, “Farmatsevtika jurnali”ni nashr etadi. “Fan” nashriyotini rivojlantirishda J. Sharipov, A. Yoqubov, Yu. Yusupov, X,. Bektemirov, N. Hotamov, Z.A. Milman, U.Zokirov muayyan hissa qo’shdilar. Narimon Hotamov.