“FAN VA TURMUSH”

“FAN VA TURMUSH” — O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ilmiy-ma’rifiy, ommabop jurnali. Toshkent shahrida 1 yilda 6 marta nashr qilinadi. Dastlab “sotsialistik ilm va texnika” (1933-35), “sotsialistik fan va turmush” (1939-41) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941 yil iyulidan 1957 yil Fevralgacha nashr etilmagan. 1957 yildan hozirgi nomda. Jurnalning qayta tiklanishida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari H. Abdullaev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jurnalga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboev (1970-71), M. Homidxonov (1972), Yo. To’raqulov (197488), K. Zufarov (1988— 92), M. Sharifxo’jaev (1992-2001)lar muharrirlik qilishgan. O’tgan davrlarda jurnal sahifalarida ilm-fanning barcha sohalari, ularning ayrim tarmoklari rivoji, jahondagi turli elelatlar haqida muntazam ravishda makrlalar chop etildi. O’zbekistonda fantast yozuvchilarning shakllanishida jurnal muharririyati huzuridagi “fantast yozuvchilar maktabi”ning xissasi katta bo’ldi (H. Shayxov, M. Mahmudov, S. Abdullaeva, G’. Jahongirov, X. Dustmuhamedov, O. Muminov, R. Obidov va boshqalar). O’zbekiston mustaqilligi yillarida jurnal mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy g’oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning sunggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak ma’naviyatli, ma’rifatli etish yo’lida jahon kashfiyotlarini, o’zbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targ’ib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati hamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand bo’lishiga alohida e’tibor berib kelmoqda. 2003 yildan jurnalda maqolalar o’zbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiev (2002 y.dan). Xusniddin Nurmuhamedov.