FAOL HARORAT
FAOL HARORAT, foydali harorat — qishloq xo’jalik ekinlarining rivojlanishiga qulay ta’sir ko’rsatadigan havo harorati. Qishloq xo’jalik ekinlari faol vegetatsiya davrining issiqlik bilan ta’minlanganligi ko’rsatkichi hisoblanadi. Yer sharining turli hududlarida ekinlar rivojlanishi uchun yillik harorat (issiqlik) resurslarining qulaylik darajasini baholashda vegetasiya davridagi 10° dan yuqori bo’lgan Faol harorat yig’indisi qo’llaniladi. Faol harorat yig’indisi 10° dan yuqori bo’lgan barqaror o’rtacha sutkalik haroratlarni qo’shish yo’li bilan topiladi. Faol harorat yetarli bo’lmagan hollarda ekin o’smay yoki pishmay qoladi. Ekinlar turlari, navlari va duragaylarini mintaqalar bo’yicha joylashtirishda, ekinning issiqlik bilan ta’minlanganlik darajasini hisoblashda Faol harorat ko’rsatkichidan foydalaniladi.