FARADEY QONUNI

FARADEY QONUNI – elektrolizning miqdoriy qonunlari. M. Faradey ochgan (1833-34). Faradey qonuni elektrodlarda ajralgan modda massasining modda tabiatiga va elektrolitdan o’tgan zaryad miqdoriga bog’lanishini ifodalaydi. Faradeyning lqonuni elektrodda ajralgan moddaning massasi t elektrolitdan o’tgan zaryad miqdori q ga to’g’ri proportsional ekanligini, 2-qonuni elektrolitdan bir xil zaryad o’tganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proportsional ekanligini bildiradi. Faradeyning 2-qonunidan turli moddalarning 1 ga ekvivalentini ajratish uchun bir xil zaryad kerakligi kelib chiqadi. Faradey qonunini m=qA/F=kq shaklda yozish mumkin, bunda F— Faradey soni, k=A/F — moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti.