FARG’ONA HALQA AVTOMOBIL YO’LI

FARG’ONA HALQA AVTOMOBIL YO’LI — umumdavlat (respublika) ahamiyatidagi yo’l. Namangan viloyatining Pungon qishlog’ida A373 “Toshkent — O’sh” xalqaro avtomobil yo’lidan boshlanib, Qo’qon — Rishton — Farg’ona — Andijon — Namangan — Chust — Pop shaharlaridan o’tib Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida yana A373 avtomobil yo’liga tutashadi. Yo’lga 1931 yilda asos solingan bo’lib, xalq hashari usuli bilan qurilgan. 2-jahon urushi davrida qarovsizlik oqibatida buzilib yaroqsiz qolga keldi. Urushdan keyin 1946-53 yillarda qayta qurildi, Farg’ona vodiysining asosiy avtomobil yo’liga aylantirildi va yo’l bo’ylab muntazam yo’lni saklash xizmati tashkil qilindi. Keyinchalik yo’l yo’nalishidan chetda bo’lgan Chust va Shahrixon shaharlariga, Farg’ona dam olish zonasiga, Namangan aeroportiga, Pop temir yo’l styasiga, Karkidon suv omboriga va boshqa xo’jalik ob’yektlariga uzunligi 43 kilometrni tashkil qiluvchi chiqish yo’llari ham qurilib halqa yo’l bilan uzviy bog’landi. Umumiy uzunligi 295 kilometr, shundan 159 kilometr —I toifali, 133 kilometr — II toifali, 3 kilometr — 111 toifali, qattiq asfaltbeton to’shamali, yil davomidagi kunlik transport harakati jadalligi yo’lning turli qismlarida turlicha bo’lib 5000— 12000 avtomobil /kunni tashkil qiladi. Yo’lning daryolar, katta-kichik tabiiy suv o’zanlari bilan kesishuv qismlarida uzunligi 5256 metr bo’lgan 88 temirbeton ko’priklar va uzunligi 20953 metr bo’lgan 654 temirbeton quvurlar qurilgan. Adtrelsov I. V., Semyonov L.I., Opit stroitelstva avtomobilnix dorog v Uzbekistane, T., 1965. Tohirjon Mirzaev.