FARG’ONA KIMYOVIY TOLALAR ZAVODI

FARG’ONA KIMYOVIY TOLALAR ZAVODI — kimyo sanoatining yirik korxonasi. “O’zkimyosanoat” davlataktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida, davlat korxonasi maqomiga ega. Diatsetatsellyuloza, atseton va kaprolaktamdan to’qimachilik va trikotaj sanoati uchun yaxlit atsetat iplar, poliamid6 granulalari, poliamid iplar, avtomobil shinalari kordi qoplamasi ishlab chiqaradi. Korxona 1969 yildan atsetat iplari ishlab chiqarish yo’nalishida ishga tushirilgan. 1998 yilda plastmassa, kolbasa pusti, avtomobil g’ildiraklari uchun shina, rezinatexnika asboblari ishlab chiqarishda qo’llaniladigan poliamid granulalari ishlab chiqarish tsexida Germaniya uskunalari o’rnatildi. Mahsulotlari Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Turkiya, Portugaliyaga eksport qilinadi.