Farg’ona shahri haqida eshitganmisiz?

Farg’ona shahri haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblastining markazi. Shaharga 1876 yili asos solingan va Yangi Marg’ilon deb atalgan. Mahalliy xalq Sim deb atagan. 1910 yildan boshlab chor hukumatining O’rta Osiyodagi qo’shinini boshqargan M.D.Skobelov nomi bilan yuritila boshlagan. Farg’ona so’zi oldin vodiyni ifodalagan. Toponimning etimologiyasi haqida juda ko’p fikrlar, masalan, “Pari xona, ya’ni go’zallar yurti”, “botqoq”, “zax yer”, “tog’ etagi” kabi fikrlar bor. M.S.Andreyevning fikricha Parkana – “bir tomoni ochiq, atrofi tog’ bilan o’ralgan vodiy”. E.M.Murzayev ham shu fikrni tasdiqlaydi. Parkani so’zi sanskrit tilida “viloyat, kichik ulus” degan ma’noni bildiradi.

Leave a Reply