FARG’ONA VILOYAT DAVLAT RUS DRAMA TEATRI
FARG’ONA VILOYAT DAVLAT RUS DRAMA TEATRI — O’zbekistondagi yirik teatrlardan biri. Dastlab, yosh tomoshabinlar teatri sifatida tashkil qilinib (1934), 1938 yil drama teatriga aylantirilgan. “Chapayev”, “ikki boyga bir malay”, “Revizor” singari dastlabki spektakllarning sahnalashtirilishida teatrning birinchi badiiy rahbari va rejissyorii G.D. Abdulov (1970 yilgacha ishlagan)ning xizmati katta . V. Shchukareva, T. Shlyapnikova, F. Gorniy, S. Maltsev, A. Cherkasov, N. Ribakov va boshqalar teatrning dastlabki aktyorlari, bosh rassomi A. N. Uzlov teatr shakllanishi, uning keyingi ravnaqi, mustahkam mavqega ega bo’lishiga munosib hissa qo’shdilar. 2-jahon urushi davrida teatr truppasi Qo’qon shahriga ko’chiriladi. 1956 yil rus teatri yana o’z binosiga qaytadi. Teatr repertuarini ko’proq mumtoz va o’zbek yozuvchilari asarlari asosida yaratilgan spektakllarga karatadi. “Bir stakan suv” (O.E. Skrib), “So’na” (E. Voynich), “Palata” (S. Alyoshin), “Farhod va Shirin” (Xurshid), “Irkutsk vokeasi” (A. Arbuzov), “Maysaraning ishi” (Hamza), “Hayot qo’shig’i” (uyg’un), “yurak sirlari” (B. Rahmonov), “Tohir va Zuhra” (S. Abdulla), “Shohsanam” (xalq dostoni) va b. shular jumlasidan. Teatr spektakl yaratishda epikqahramonlik, maishiypsixologik drama, komediyalar, o’tkir satirik, lirik pyesalarga alohida e’tibor bergan. “Sershovqin joy”, “Puchina”, “quturgan pullar” (A. Ostrovskiy), “Zulmat hukmronligi” (L. Tolstoy), “Jalalar oralig’ida” (A. Shteyn), “biz keldik” (V. Ernev), “qishloq komediyasi” (M. Varfolomeev), “Retro” (A. Galin), “Riyokor tutqunligi” (M. Bulgakov) kabilar bunga misoldir. Mustakillikdan keyin teatr hayoti qayta o’zgarishlarga boy bo’ldi. Teatr qoshida aktyorlik studiyasi ochildi. Teatr jamoasi yangi aktyorlar bilan to’ldirildi. Yosh aktyorlar mahoratini oshirish maqsadida chetdan respublikaning tanikli rejissyorlari (masalan, V. Umarov, M. Abdullaeva va boshqalar) taklif etildi. Teatr ijodkorlari ijod qilish va tomoshabinlarga xizmat ko’rsatishning yangi shakllarini izlamoqda, sahnaga zamonning dolzarb muammolarini olib chiqishi bilan bir qatorda mumtoz, tarixiy asarlarga ham keng o’rin berilmoqda. “G’irashiradagi o’yin” (V. Bagramov), “hushiga kelmay gurib” (K. Novak), “Shaytonlik” (N. Gogol, “Sorochinsk yarmarkasi” asari asosida), “Almanzori uzuklari” (Sharq ertaklaridan), “amakimning tushi” (F. Dostoevskiy), “Kodjin g’ovg’alari” (K. Goldoni), “Fargona farzandi” (y. Sulaymon, alFarg’oniy hayoti haqida) va b. so’nggi yillar mahsulidir. K. Novak, H. Saidov, L. Safkova, O. Shokirova, O. Bugaev, L. Akromov va b. teatrning etakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari — Husan Saidov, bosh rassom — N. Kamenskiy.