FARG’ONA VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI

FARG’ONA VILOYAT QO’G’IRCHOQ TEATRI — 1993 yil tashkil bo’lgan. Dastlab (1989 yil dekabrdan) teatr studiyasi sifatida faoliyat ko’rsatgan, 1993 yil 1 martdan hozirgi nomda. “Qo’g’irchoqbozlar tomoshasi” (G’ayratiy) spektakli bilan ochilgan. Habibullo Hakimov, Mayram Ashurova, Muhammadsoli Yusupovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridan. Keyinchalik “sirli sandiq” (O. Tolipov), “g’aroyib poyga” (Spiranskiy) kabi spektakllar bilan o’z mavqeini mustahkamladi. Italo Kalvinaning “Uch apelsin” asari asosida H. Hakimov stsenariysi bo’yicha sahnalashtirilgan spektakl Respublika qo’g’irchoq teatrlari 4-festivali (Andijon, 1993 yil) da “eng yaxshi musiqali spektakl” nominatsiyasiga, 1995 yil 5-festival (Toshkent)da “yovvoyi o’rdakcha” spektakli “Eng yaxshi spektakl” sovriniga sazovor bo’lgan. Shu spektaklni yaratganlar (rejissyor H. Hakimov, S. Sedukin — rassom, R. Litvin — kompozitor, N. Maslova — aktrisa) “eng yaxshi rejissura”, “eng yaxshi rassom”, “eng yaxshi musiqa”, “eng yaxshi ayol roli” nominasiyalari g’olibi bo’lganlar. Navoiy va Fuzuliy poeziyasi asosida sahnalashtirilgan “Layli va Majnun” musiqali spektakli teatrning so’nggi yillar maqsulidir. Teatrning badiiy rahbari — Habibullo Hakimov, bosh rassom — Shuhrat Abdumalikov.