FARHOD

FARHOD — Sharq xalqlari og’zaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Farhod qadimgi mifologiya va folklorda tog’ qahramoni sifatida tasvirlangan. Rivoyatlarda Farhod afsonaviy kuchlardan ham yuqori qo’yilgan. Badiiy adabiyotda dastlab for-stojik shoiri Og’ochiy (10-11-asrlar) she’rlarida tilga olingan. Bal’amiy (“Tarixi Tabariy”), Abu Dulaf (“Risolai soniya”) asarlarida Farhod Shirin bilan bog’liq qahramon sifatida eslangan. Sharq adabiyotida birinchi bo’lib Nizomiy Farhod obrazini keng epik planda tasvirlagan. 14-asrda Nizomiy dostonini Qutb turkiyga tarjima qilgan. Xusrav Dehlaviy “Shirin va Xusrav”ida Nizomiy izidan borgan. Farhod obraziga ayrim aniqliklar kiritgan. Nizomiyda Farhodning kelib chiqishi haqida ma’lumot yo’q. Xusrav Dehlaviyda u chin xoqonining o’g’li. Lekin ularda Farhod qahramon darajasiga ko’tarilmagan. Orif Ardabiliyning “Farhodnoma” dostoni (1369) dan boshlab Farhod Markaziy qahramon sifatida tasvirlana boshlagan. Farhodning mukammal epik obrazini Navoiy yaratgan. Navoiy Farhod obrazi orqali ideal inson haqidagi gumanistik qarashlarini ifodalab, eng yuksak insoniy fazilatlarni madh etgan. Navoiy dostonda Farhod va Shirinning chin sevgisi haqida hikoya qiladi va shu muhabbat fonida ijtimoiy dayot muammolarini yoritadi. Keyinroq Farhod haqida Kavsariy, Nizoriy va boshqa dostonlar yaratdilar. So’nggi davr dostonlari va sahna asarlarida ham Farhod obrazi yaratilgan (Xurshid, “Farhod va Shirin”; Samad Vurg’un, “Farhod va Shirin”; Skosirev, “Farxod” va boshqalar). Ad.: Sharq adabiyotida Farhod qissasi, T., 1985.