FARMAKOPEYA

FARMAKOPEYA (Yunoncha pharmakon — dori va poieo — tayyorlayman) — dori vositalarini tayyorlash, sifatini sifatmiqdoriy jihatdan nazorat qilish, saqlash shart-sharoitlari va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari majmui. Farmakopeyada dori moddalari va dori turlarini kimyoviy, fizik, biologik va boshqa usullarda sifat hamda miqdoriy tahlil qilish usullari, zaharli va kuchli ta’sir etadigan dorilar ro’yxati, bolalar va kattalar uchun dorilarning bir ichishlik, shuningdek, kunlik miqdorlari jadvali yoritiladi. Xitoyda 502 yilda chiqarilgan “Minibelu” kitobi, Yevropada 1130 yilda chop etilgan “Antidotoriy” to’plamlari ilk rasmiy Farmakopeya hujjatlaridir. Birinchi Farmakopeya 1498 yilda Florentsiyada “Ricettario Fiopentino” nomi bilan bosilib chiqdi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari u yashagan davrda qo’llanilgan dori vositalarini tayyorlash, ularning sifatini baholash va qo’llanilishi haqidagi ma’lumotlari bilan o’z zamonasining Farmakopeyasi deb baholanishi mumkin. Bugungi kunda ko’pgina mamlakatlarning milliy va hududiy Farmakopeyalari mavjud bo’lib, ulardan Ey.R. (Yevropada hamjamiyati F.si), LJSP (AQSH Farmakopeyasi), VR (Britaniya F.si), GF XI (Davlat Farmakopeyasining 11-nashri), DP (Germaniya Farmakopeyasi) kabilar xalqaro e’tirof etilgan Farmakopeyalar hisoblanadi va ko’p hollarda dori vositalarining sifat nazorati yuqoridagilarga asosan amalga oshiriladi.