FARNAK I

FARNAK I (? — miloddan avvalgi 169) — Pont podsholigi shohi (taxminan 185-169). Qora dengizning Janubiy sohillaridagi katta hududni Pontga qo’shib olgan, xususan, 183-179 yillarda yunon shaharlari: Sinopa, Amisos, Armena, Kitoros, Kotior, Kerasunt, Trapezunt va boshqalar, shuningdek, Pont tog’laridagi konlarni bosib olgan. 183 yil podsholik poytaxtini Amasiyadan Sinopaga ko’chirgan. Qora dengizning Janub sohilida Farnakiya shaharqal’asini bunyod etgan.