FARNAK II

FARNAK II (? — miloddan avvalgi 47) — Bospor podshosi (miloddan avvalgi 63 yildan). Shoh Mitridat VI Yevpatorning o’g’li. Rim bilan urush chog’ida Farnak II otasiga xiyonat qilib, Rim sarkardasi Pompei bilan ittifoq tuzgan va Bospor davlatining katta qismida (Fanagoriyadan tashqari) o’z hokimiyatini o’rnatgan. 49-48 yillarda Pompei bilan Yuliy Tsezar (Misrda edi) o’rtasidagi nizodan foydalanib Fanagoriyani bosib olgan va kichik Osiyoni egallash maqsadida yurish qilgan. U Vifiniya va Amisosni egallagan, lekin 47 yil 2 avgustda kichik Osiyoning Zela shahri yaqinidagi jangda Tsezar tomonidan tor-mor keltirilgan. Tsezar Senatga “Vene, vidi, vici” (“keldim, ko’rdim, g’alaba qozondim”) deb noma jo’natgan. Rimliklar Farnak II ni ozod qilib kichik otryad bilan Bosporga jo’natganlar, bu yerda hokimiyatni Farnak II ning noibi Asandr egallab olgan edi. Farnak II Asandr bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan.