FAUNA

FAUNA (lotincha fauna — o’rmon va dalalar xudosi, Rim mifologiyasida hayvonlar podasi qomiysi) — muayyan hududda yoki akvatoriyada yashovchi xayvon turlari majmui. Fauna hayvonlarning turli guruhidan tashkil topgan bo’lib, biror hudud faunistik kompleksining tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga keladi. Tundra, tayga, o’rmon, dasht, yarim cho’l, cho’l, pantropik va boshqa faunistik komplekslar bor. Muayyan Faunani tashkil etgan faunistik komplekslar miqdori turlicha bo’lishi mumkin. Har bir hududning o’z avtoxtonlari va immigrantlari bor. Fauna tarkibini o’rganish natijasida undagi turlar boyligi aniqlanadi. Shunga ko’ra, butun er shari yoki uning ayrim hududlari faunistik rnlashtiriladi. Fanda Fauna turli sistematik kategoriyalardagi (masalan, biror hududdagi qushlar Faunasi, qo’ng’izlar Faunasi va hokazolar), ma’lum davrga oid (masalan, miosen davri Faunasi va boshqalar) yoki ma’lum geologik qatlamga mansub hayvonlarni ifodalash uchun “Fauna” terminidan foydalaniladi. Hayvonot dunyosining sistematik tarkibi to’g’risidagi yirik asarlar ham “Fauna” deb ataladi (masalan, O’zbekiston Faunasi va boshqalar).