Fauna

Fauna (lotincha faunus – Qadimgi Rimda dala va hayvonlar xudosi) – Yer sharida yoki biron hududda geologik o`tmishda yashagan yoki hozir yashayotgan hayvonlar majmui (Masalan, O`rta Osiyo faunasi, dengiz faunasi); ayrim hayvon turlari ham fauna deyiladi (qushlar faunasi, hasharotlar faunasi).