FAYZULLAYEV JORULLA FAYZULLAYEVICH
FAYZULLAYEV JORULLA FAYZULLAYEVICH (1924.11.2 Toshkent — J992.24.10) — gilromexanik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1974). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1948). Toshkent to’qimachilik texnikumida (1947-53), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida (1953-60) o’qituvchi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida katta ilmiy xodim (1960); direktor (1962-63), direktor o’rinbosari (1966-70), gidrodinamika laboratoriya boshlig’i (1961 yildan). Ilmiy ishlari suyuqlik va ko’p fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sug’orish gidrodinamikasiga oid. X.A. Raxmatulinning ko’p fazali muhitlar o’zaro kirishma harakati modeliga asoslanib, Fayzullayev aralashmalar harakatiga oid masalalarni nazariy va eksperimental hal qildi. Reologik xususiyatlari har xil bo’lgan fazalardan iborat aralashmalar gidrodinamikasiga oid adabiyotlarda Raxmatulin — Fayzullayev modeli termini kiritildi. Fayzullayev bir fazali gidrodinamik modellarda Nyuton suyuqligi va boshqa suyuqliklar harakatiga oid qator masalalarni, yopishqoq va yopishqoqplastik suyuqliklar (suv, neft)ning quvurlardagi oqimiga bo’lgan qarshiliklarni kamaytirish tadbirini asoslab berdi. Toshkentdagi ko’chalardan biri uning nomi bilan ataladi. As: Laminarnoe Dvijenie mnogofaznix Sred v truboprovodax, T., 1966; gidrodinamika odno i dvuxfaznix Sred i eyo prakticheskie prilojeniya (v soavtorstve), T., 1980; gidrodinamika pulsiruyutshix potokov (v soavtorstve), T., 1986.