FEDCHENKO ALEKSEY PAVLOVICH
FEDCHENKO ALEKSEY PAVLOVICH (1844.7.2, Irkutsk — 1873.3.9.)— rus tabiatshunosi, O’rta Osiyoni tadqiq qilgan olim. Moskva universitetini tugatgan (1864). Zoologiyaga oid to’plamlar va gerbariylar to’plagan. Antropologiya va etnografiya bilan shug’ullangan. 1868-71 yillarda olay vodiysiga sayohat qilgan. Olay orti tizmasini o’rgangan. Hisor-Olay tog’ sistemasining 1-orografik sxemasini tuzgan. Rishta kasalligi qo’zg’atuvchisining biologiyasini aniqlagan. Alp tog’laridagi Monblan cho’qqisiga chiqishda halok bo’lgan. Fedchenkoning to’plagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, “A.P. Fedchenkoning Turkistonga sayohati” nomli rus tilidagi kitobida nashr qilingan (1872-77 va 1950-yillar). Pomir tog’idagi muzlik Fedchenko nomi bilan atalgan.