FENNOSKANDIYA

FENNOSKANDIYA – Yevropa shimdagi tabiiy o’lka. Skandinaviya va Kola yarim orollari va Fin qo’ltig’i, Ladoga va Onega ko’llari xamda oq dengizmi birlashtirib turuvchi shartli chiziqdan shim. G’arbdagi hududlarni o’z ichiga oladi. Boltiq, Shimoliy Norvegiya, Barents va Oq dengizlar o’rab turadi. Maydoni 1,5 million kilometr kvadrat. Hududining katta qismi Boltiq qalqoni va Skandinaviya tog’larining kaledon burmalaridan iborat. Relefida peneplenlashgan o’rtacha balandlikdagi tog’liklar va yassitog’lar asosiy o’rinni egallaydi, eng baland joyi 2469 metr (Galxyopiggen togi). Boltiq dengizi sohillari keng tekislik. Skandinaviya tog’larida muzliklar bor. Relefida morenali qator tepalar va qad. muzlik shakllari saqlanib qolgan, Ford ko’p. Iqlimi mo’tadil, yozi salqin. Skandinaviya tog’larining g’arbiy yon bag’irlarida yillik yog’in 2000-3000 millimetr, sharqida 400-500 millimetr. Daryolari sersuv, serostona. Botqoqlik va ko’l ko’p. Hududining ½ qismi o’rmon, asosan, tayga, Janubda aralash keng bargli o’rmonlar. Tuprog’i shimolda podzol, Janubda chimli podzol tuproq. O’lkada, asosan, o’rmon qayvonlari yashaydi. Temir, mis, nikel rudalari, apatit konlari bor. Fennoskandiyada Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya va Rossiya hududining bir qismi joylashgan.