FENOMENOLOGIYA
FENOMENOLOGIYA (fenomen va … logiya) — 1) falsafiy fan; falsafa tarixida turlicha: hissiy bilishni tanqid qiladigan fan sifatida (I. G. Lamberg, I. Kant), falsafaning vujudga kelishi, ongni tarixiy tadqiq etish shakllarini o’rganadigan ta’limot sifatida (G. Gegelning “Ruh fenomenologiyasi”), psixik fenomenlarni bayon etuvchi psixologiyaning bir qismi sifatida (F. Brentano, A. Meynong) talqin etiladi; 2) falsafiy oqim, uning printsiplarini 20-asr boshida E. Gusserl ta’riflab bergan. U bir tomondan, Fenomenologiya ratsional empirizm va pozitivizm bilan bog’liq ekanligini qayd etsa, 2-tomondan esa, naturalistik ob’ektivizm va skeptik relyativizmni tanqid qiladi. Fenomenologiyani yo’qotilgan va unutilgan qadriyatlarni topishga ko’mak beruvchi falsafiy arxeologiya deb biladi. Fenomenologiya ekzistentsializm va hozirgi zamon falsafasidagi boshqa oqimlarning manbalaridan biri bo’lgan.