“FERGANSKAYA PRAVDA”
“FERGANSKAYA PRAVDA” (“Farg’ona haqiqati”) — Farg’ona viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasi. Rus tilida haftada 5 marta chiqadi, dastlab “Znamya svobodi” (“Erk bayrog’i”), “tshit naroda” (“Xalq qalqoni”), “Izvestiya” (“axborot”), “Proletarskaya misl” (“proletar fikri”), “Krasnaya Fergana” (“Kizil Farg’ona”), “Sovetskoe slovo” (“Sovet so’zi”), “Znamya truda” (“mehnat bayrog’i”) nomlarida nashr etilgan. 1938 yildan hozirgi nomda. Gazetaga turli davrlarda G. Pavlyuchenko, G. Vershinin, F. Doronin, B. Renev, A. Alyabev va boshqalar muharrirlik qilishgan. 1993 yil 9 noyabrda “Ferganskaya pravda” tahririyati “Farg’ona haqiqati” gazetasi tahririyatiga qo’shildi. Gazeta viloyatda olib borilayotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni keng yoritib boradi. Adadi 3 mingga yaqin (2004).