FERMER XO’JALIGI

FERMER XO’JALIGI – o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt. Fermer xo’jaligi erkin tadbirkorlikning bir ko’rinishi bo’lib, daromad olish maqsadida tuziladi. Xususiy yoki ijaraga olingan yerda olib boriladigan sohibkorlik tipidagi xo’jalik. Kapitalistik fermerchilikda yollanma mehnatni jalb etish, oilaviy shakli esa aksariyat xo’jalik egasining (fermer va uning oilasi) kuchi bilan olib boriladi. Dastlab Angliyada XVII asrda vujudga keldi. Hozir deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Fiziokratlar qo’llab-quvvatlagan xo’jalik turi. Erkin savdo, xususiy mulk va mavjud tuzum tabiiy deb baholanadi.