FEXNER
FEXNER (Fechner) Gustav Teodor (1801.19.4, Grosszerxen — 1887.18.11, Leypsig) — nemis psixologi, fizik, faylasuf. Leypsig universitetining fizika professor (1934 — 40). Psixofizikaga asos solgan, qalb va vujud munosabati to’g’risidagi masalani psixofizik parallelizm vositasida yechishga uringan. Veberfexner qonunini yaratganlardan biri. Psixologiyada, shuningdek, estetikada eksperimental metodlarni tatbiq etishga asosiy e’tibor bergan.
O‘xshash so‘zlar
- FEYERBAX (FEUERBACH) LYUDVIG ANDREAS
- FEYNMAN DIAGRAMMALARI
- FEYNMAN RICHARD FILLIPS
- FEYXOA
- FEYXTVANGER (FEUCHTWANGER) LION
- FIANITLAR
- FIBIGER (FIBIGER) YOXANNES ANDREAS GRIB
- FIBONACHCHI SONLARI





