FEYNMAN RICHARD FILLIPS
FEYNMAN RICHARD FILLIPS (1918.11.5, NyuYork 1988) amerikalik fizik. AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1954). Massachusets texnologiya institutini tugatgan (1939). Falsafa fanlari doktori. (1942). Prinston universitetida (1942-43), Losalamos laboratoriyasida (194345) ishlagan. Kornell texnologiya universiteti professor (1950 yildan). Ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, kvant elektrodinamika, elementar zarralar fizikasi, statistik fizika, o’ta utkazuvchanlik va gravitasiya nazariyasiga oid. Maydon kvant nazariyasining rivojlanishida muhim o’rin tutgan matematik apparatni ishlab chiqqan (1949). O’ta oquvchan geliyning uyurma tabiatini tushuntirib bergan (Feynman uyurmasi deb ataladi). “Fizikadan Feynman ma’ruzalari” kursi muallifi. A. Eynshteyn mukofoti (1950), Nobel mukofoti laureati (1965).