FIANITLAR

FIANITLAR — tsirkoniy va gafniy oksidlari asosida olingan sintetik kristallar. 1972 yil sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi fizika instituti (FIAN)da yaratilgan (nomi shundan). Fianitlar tabiatda uchramaydi, kubik kristall panjaraga ega. Fianitlar rangsiz yoki aralashmalar ta’sirida turli ranglarga bo’yalgan bo’lishi mumkin. Fianitlarning qattiqligi, erish temperaturasi, kislota va ishqorlarning ta’siriga turg’unligi yuqori, nur sindirish ko’rsatkichi p=2,152,25, zichligi 6,5—10 g/sm3. Fianitlar zargarlik sanoatida sapfir, topaz, yoqut va hatto olmos kabi qimmatbaho toshlarning o’rnini bosishi mumkin. Fianitlardan yuqori temperaturrada ishlovchi optik linzalar va “tuynukadar yasaladi. Fianitlarlar lazer materiali sifatida ham ishlatiladi.