FIDIY
FIDIY (Pheidias, miloddan avvalgi 5-asr) — yunon me’mori va haykaltaroshi; qadimgi yunon san’atining yirik namoyandasi. Afina, Olimpiya va boshqalarda ishlagan. Afinadagi Akropol kurilishiga boshchilik qilgan. Fidiyning haykaltaroshlik asarlaridan antik mualliflar asarlarida tilga olingan va ko’chirilgan nusxalaridan ma’lum va mashhurlari: Afina Promatos (jez; taxminan miloddan avvalgi 460); oltin va fil suyagidan ishlangan Zevs (Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasida; yetti mo’jizaning biri deb e’tirof etilgan) hamda Afina Parfenos (Afinadagi Parfenon ibodatxonasida) va boshqa haykallar. Fidiy ijodi haqida uning rahbarligida va bevosita ishtirokida ishlangan Afinadagi Parfenon haykallari (marmar, miloddan avvalgi 438-432; Britaniya muzeyi, London; Luvr, Parij; Akropol muzeyi, Afina) chuqur insoniylik b-n yo’g’rilgan hamda san’atlar sintezining yuksak namunasidir.