FIDOKORLAR MILLIY DEMOKRATIK PARTIYASI

FIDOKORLAR MILLIY DEMOKRATIK PARTIYASI (FMDP) — O’zbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-iyulda ro’yxatga olingan va shu-yil Dasturi hamda Ustavi qabul qilingan. Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush darajasiga etkazish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olishiga amaliy hissa qo’shishdan iborat. FMDP kelajakka yoshlar nazari bilan qaraydi. Yoshlarni yuksak ma’rifatli, bilimdon, g’oyaviy-siyosiy jihatdan hushyor, ma’naviy barkamol bo’lib voyaga etishini ta‘minlashga intiladi va yoshlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan. FMDP 2008-yil ―Milliy tiklanish demokratik partiyasi bilan birlashgan.